O'zbekistonda brakonyerlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o’tayotgan videoselektor yig‘ilishida yirik sanoat korxonalarida, barcha sanoat zonalari atrofida yashil hududlar tashkil qilish va brakonyerlik uchun javobgarlikni kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

O'zbekistonda brakonyerlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Chiqindi poligonlari atrofida terak, tut, gujum, zarang ekib, yashil belbog‘ barpo qilish, barcha issiqlik elektr stansiyalari, gidroinshootlar, suv omborlari atrofida ham ko‘chat ekish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Ijtimoiy ob’ektlarga ko‘chatlarni bepul etkazib berish bo‘yicha o‘tgan yili boshlangan amaliyot bu yil ham davom ettiriladi. Ularga 4 milliondan ziyod ko‘chat bepul tarqatilishi belgilandi.

Yig‘ilishda vazirlar va hokimlar tizim tashkilotlari tomonidan ekilgan ko‘chatlarning unib-o‘sishi va to‘g‘ri parvarish qilinishiga alohida e’tibor berishi lozimligi ta’kidlandi.

Yana bir muhim masala – so‘nggi vaqtlarda daryolar, tabiiy suv havzalarida elektr bilan baliq ovlash ko‘payib ketayotganiga e’tibor qaratildi. Bu yilning o‘zida 39 ta holatda elektr bilan, 436 ta to‘r bilan noqonuniy baliq ovlash aniqlangan.

Mutasaddilarga bu borada ta’sirchan nazorat o‘rnatib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi. Brakonyerlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif qilindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing