O’zbekistonda favqulodda yordam ko'rsatish uchun "112" yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

O'zbekiston

“112 yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Adliya vazirligining matbuot xizmati.

O’zbekistonda favqulodda yordam ko'rsatish uchun "112" yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi
Mazkur qarorga muvofiq, hodisa va favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi.

“112” yagona dispetcherlik xizmati bosqichma-bosqich yo’lga qo’yiladi:

— 2024-yil 1-iyundan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida;

— 2024 yilning birinchi yarmida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida;

— 2024-yil oxirigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatimizning boshqa viloyatlarida.

“112” yagona dispetcherlik xizmati Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatining shoshilinch xizmatlarini ma’lumotlarni uzatishning yagona tarmog‘iga birlashtirgan holda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha shoshilinch yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlash, aholiga shoshilinch yordam ko‘rsatish faoliyatini boshqarishning yagona tizimi hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing