O‘zbekistonda fevral oyida televideniye ko‘rsatuvlarida uzilishlar kutilmoqda

O'zbekiston

3 fevraldan 24 fevralgacha O‘zbekistonda telekanallarda profilaktika ishlari olib boriladi. Shu sababli mamlakatda soat 01:00 dan 06:00 gacha signal uzilishlari yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekistonda fevral oyida televideniye ko‘rsatuvlarida uzilishlar kutilmoqda
Signal vaqtincha yo‘qolgan taqdirda, aholi televizor yoki tyunerni sozlashga urinmasligi lozim, chunki bu muammoni yanada chuqurlashtirishi mumkin. Barcha tizimlar o‘z-o‘zidan tiklanadi.

Radioaloqa va televideniye markazi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, tomoshabinlarni xotirjam bo‘lishga chorlaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing