O‘zbekistonda Haj mavsumi ochildi

O'zbekiston

13-may kuni ertalab o‘zbekistonlik ziyoratchilarning birinchi guruhi Toshkentdan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.

O‘zbekistonda Haj mavsumi ochildi
Poytaxt xalqaro aeroportida o‘tkazilgan kuzatuvlarga respublika muftiysi Nuriddin domla Xoliqnazarov boshchilik qilib, ziyoratchilarga oq yo‘l va Haj ibodati tiladi. Shu tariqa mamlakatda Haj mavsumiga rasman start berildi.

Yaqin haftalarda respublikaning turli hududlaridan ro‘yxatdan o‘tgan barcha ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga uchib ketishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing