O‘zbekistonda harbiy ta’lim tizimi takomillashtirilmoqda
O'zbekiston
2025-yil 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev harbiy ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Bu takliflar 21-fevraldagi Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqqa asosan ishlab chiqilgan. Dunyodagi 20 dan ortiq mamlakatlarning ilg‘or tajribasi o‘rganilib, milliy model shakllantirildi.
Aynan shu asosda Harbiy akademiyani qayta tashkil qilib, uning negizida O‘zbekiston Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Mazkur universitet Mudofaa vazirligining barcha harbiy o‘quv yurtlarini birlashtiradi — 5 ta institut, serjantlar tayyorlash oliy maktabi va dronlar bo‘yicha maxsus tayyorlov maktabi institut maqomiga ega bo‘ladi.
Yangi tizim quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
markazlashgan vertikal boshqaruv,
nazariya va amaliyotni birlashtirgan dual ta’lim,
ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish.
Sergantlar uchun maxsus yetakchilik ko‘nikmalari va zamonaviy qurollarni boshqarish bo‘yicha yangi dastur yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, "2+2" modeliga asoslangan yangi format joriy qilinadi: fuqarolik OTMlarining 2-bosqich talabalaridan 18 ta tor ixtisosliklar bo‘yicha kursantlar saralab olinadi (psixologiya, aloqa, ta’minot va h.k.).
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oliy Bosh Qo‘mondon Davlat stipendiyasi ta’sis etiladi. Bu stipendiya sohiblari bakalavriatni tamomlagach, harbiy magistraturaga imtihonsiz kirish huquqiga ega bo‘ladilar.
Bitiruvchilar fuqarolik va harbiy yo‘nalishlar bo‘yicha ikkita diplom oladilar — bu esa harbiy xizmatdan so‘ng faoliyatni davom ettirishga imkon beradi.
Reformalar doirasida xorijiy davlatlarda harbiy pedagoglarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Powered by Froala Editor