O‘zbekistonda Hisob palatasi va Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmatida qator kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi
O'zbekiston
Shu bilan birga, Prezident Administratsiyasi tuzilmasini optimallashtirish doirasida prezidentning kadrlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi va tegishli bo‘linma tugatildi.
Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishlariga ko‘ra, Ulug‘bek Mirkomilovich Aripov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining komplayens va ichki korrupsiyaga qarshi nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmatining sektor mudiri lavozimidan ozod etildi.
Jamshid Jahongirovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Atabek Validjanovich Allaberganov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmatida ham yangi tayinlov amalga oshirildi. Sardor Alisherovich Mirzayev Komplayens xizmati sektor mudiri etib tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida farmoniga muvofiq, Pulat Razzakovich Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Mazkur o‘zgarishlar Prezident Administratsiyasi tuzilmasini optimallashtirish doirasida amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi va tegishli bo‘linma tugatildi.
Shu bilan birga, Komplayens xizmatining faoliyat yo‘nalishlari kengaytirildi. Xizmat zimmasiga davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari qo‘shimcha yo‘nalish sifatida belgilandi.
Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi sifatida mahalla institutining faoliyati samaradorligini yanada oshirish belgilandi.

Powered by Froala Editor