O'zbekistonda ijtimoiy xizmatlar boshqaruvini raqamlashtirish uchun "ijtimoiy karta" joriy etiladi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoya sohasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi, deb yozmoqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.
Taqdimot chog’ida nogironlikni belgilashda raqamlashgan tizimga o‘tish taklif etildi.
Unga ko‘ra, bu dastlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, 2025-yil 1-sentabrga qadar barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ekspert komissiyalariga tibbiy hujjatlar oilaviy shifokorlar tomonidan elektron yuboriladi.
Endi ekspert komissiyalari tomonidan kasbga, ta’limga, sportga tavsiya berish, mehnatga layoqatsizlikni belgilash tartibi bekor qilinadi. Bunday shaxslar ish, sport va ta’limga individual yondashuv asosida yo‘naltiriladi.
Jamoat transporti bo‘yicha tenderlarda faqatgina nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirilgan avtobuslar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Shahar jamoat transportida I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul xizmat ko‘rsatiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni madaniy tadbirlar, ko‘ngilochar tomosha va marosimlarga jalb qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.
Sohadagi yana bir yangilik “ijtimoiy karta” tizimining joriy etilishi bo‘ladi. Bu orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari to‘liq avtomatlashtiriladi. “Ijtimoiy karta” bir vaqtning o‘zida ham to‘lov vositasi, ham ehtiyojmand toifaga mansublik tasdig‘i hisoblanadi.
Bu tartib dastlab Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida, keyingi yildan boshqa hududlarda joriy etiladi. Natijada 72 turdagi ijtimoiy xizmatlar, 76 turdagi yordamlar va 200 ga yaqin imtiyozlar yagona elektron tizimga umumlashtiriladi. Qog‘oz shaklidagi hujjatlar bekor qilinib, vaqt va mablag‘ tejaladi. Soha to‘liq raqamlashtirilishi orqali har bir oilaning ehtiyojlari va imkoniyatlarini aks ettiradigan “ijtimoiy-raqamli pasporti” joriy etiladi.

Powered by Froala Editor