O‘zbekistonda intellektual mulk himoyasi kuchaytirildi

O'zbekiston

O‘zbekistonda tovar belgilarini qalbakilashtirish va intellektual mulk sohasidagi boshqa qonunbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi. Yangi qonun jazolarni kuchaytiradi, adliya organlari vakolatlarini kengaytiradi va mualliflik huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtiradi.

O‘zbekistonda intellektual mulk himoyasi kuchaytirildi
8-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda intellektual mulkni himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonunni imzoladi.

Asosiy yangilik — tovar belgilarini noqonuniy ishlatish va boshqa og‘ir huquq buzarliklari, jumladan dasturiy ta’minot, ixtiro va sanoat namunalari bo‘yicha jinoiy javobgarlik joriy etilishi. O‘zgartirishlar rasmiy e’lon qilingach, uch oy ichida kuchga kiradi.

Shuningdek, mualliflik va turdosh huquqlarni buzganlik uchun ma’muriy jarimalar oshiriladi. Ilk bor seleksiya yutuqlari va integral mikrosxemalar topologiyasiga tajovuz uchun ham javobgarlik belgilanmoqda. Adliya organlariga kontrafakt mahsulotlarni ko‘zdan kechirish, musodara qilish va yo‘q qilish huquqi beriladi.

Qonun intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini ham soddalashtiradi: himoya hujjatlariga yagona QR-kod beriladi, talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati qisqaradi, arizalarni ko‘rib chiqish muddati dastur va ma’lumotlar bazalari uchun 10 kun, geografik nomlar ekspertizasi uchun esa bir oy etib belgilanadi.

Bundan tashqari, davlat boji to‘lovini 3 oydan 6 oygacha uzaytirish imkoniyati paydo bo‘ladi, buning uchun belgilangan miqdorning qo‘shimcha 50 foizi to‘lanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing