O'zbekistonda Jahon banki pullari evaziga birinchi pullik yo'l quriladi
O'zbekiston
Joriy yilning oxirigacha Jahon banki bilan hamkorlikda "Toshkent — Andijon" pullik avtomobil yo'lini qurish bo'yicha 2,5 milliard dollarlik Mega-loyiha boshlanadi, dedi prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Andijonda saylovchilar bilan uchrashuvda. Loyihani amalga oshirish natijasida Andijondan Toshkentga sayohat vaqti hozirgi 5 soatdan 3 soatgacha qisqarishi kutilmoqda.
Bugun, 14 iyun kuni O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovoldi kampaniyasi doirasida Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashdi, dedi partiya matbuot xizmati.
"Joriy yil oxiriga qadar Jahon banki bilan birgalikda "Toshkent — Andijon" muqobil pullik avtomobil yo'lini qurish bo'yicha 2,5 milliard dollarlik Mega-loyiha boshlanadi. Loyihani amalga oshirish natijasida Andijondan Toshkentga sayohat vaqti hozirgi 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi", — dedi Shavkat Mirziyoyev ushbu uchrashuvda.
Bundan tashqari, u vodiy aholisini yaqinlashtirish maqsadida "Andijon-Farg'ona-Qo'qon-Namangan-Andijon" temir yo'l halqasida 4 ta elektr poyezd ishga tushirilishini qo'shimcha qildi. Natijada kuniga 8 ta reys tashkil etiladi va 10 000 ga yaqin yo'lovchi tashiladi. Buning uchun 40 million dollar jalb qilinadi.
Shuningdek, nomzod Andijon xalqaro aeroportini zamonaviy standartlarga muvofiq rekonstruksiya qilishga va'da berdi, bu ishlarga 350 million dollar ajratiladi.

Powered by Froala Editor