O'zbekistonda kuchli yomg'irlar tufayli 66 mingdan ortiq kishi elektr energiyasiz qoldi
O'zbekiston
Uzilishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 274 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchiq qolmoqda.
“Oqibatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlaridagi 66 ming 750 ta isteʼmolchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan vaqtinchalik uzilgan. Hozirgi vaqtda murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan barcha nosozliklar bartaraf etilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Ta’kidlash joizki, Braziliya janubidagi kuchli suv toshqinlari oqibatida 150 kishi halok bo‘ldi, 600 ming kishi o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. 22-aprel kuni Xitoy janubida kuchli suv toshqinlari oqibatida 83 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. 16-aprel kuni Dubayda kuchli yomg‘ir tufayli kuchli suv toshqinlari sodir bo‘ldi. Shahardagi yo‘llar daryolarga aylandi, uylar, idoralar va savdo markazlarini suv bosdi. 19-aprel holatiga koʻra, Rossiya boʻylab 17 mingdan ortiq uy va 32 ming tomorqa yerlari suv ostida qoldi.
Mutaxassislar iqlimning antropogen o‘zgarishi tufayli bunday tabiiy ofatlar tez-tez uchrab turishidan ogohlantirmoqda. Atmosfera isishi davom etar ekan, u sochiq kabi ko'proq namlikni shimib olishi va keyin uni kuchli yog'ingarchilik va suv toshqini shaklida siqib chiqarishi mumkin.

Powered by Froala Editor