O‘zbekistonda ma’lumotlarni oshkor tarqatganlik uchun jazo joriy etilmoqda
O'zbekiston
O‘zbekistonda yangi raqamli voqeliklarni tartibga solishga jiddiy kirishildi: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va tarqatishda sun’iy intellektdan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni joriy etuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladilar.
Endi sun’iy intellektni qo‘llagan holda ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun 15 sutkagacha ma’muriy qamoq, BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima, shuningdek, huquqbuzarlik uchun foydalanilgan texnikani musodara qilish bilan jazolanadi.
Hujjatda fuqarolar xavfsizligiga alohida e’tibor qaratilgan:
sun’iy intellekt yordamida yaratilgan kontentni majburiy markirovkalash joriy etiladi;
inson huquq va erkinliklariga daxl qiluvchi qarorlarni qabul qilishda sun’iy intellektdan inson ishtirokisiz foydalanish taqiqlanadi;
sun’iy intellekt sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va vakolatli organning funksiyalari belgilandi.
"Milliy tiklanish" partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovning ta’kidlashicha, yangiliklar yangi texnologiyalarni suiiste’mol qilishning oldini olishga yordam beradi va kelajakda ularni xavfsiz qo‘llash uchun huquqiy asos yaratadi.

Powered by Froala Editor