O‘zbekistonda Pavel Durovning kriptovalutasi rasmiy ravishda ishga tushirildi

O'zbekiston

O‘zbekistonning UzNex kriptobirjasi Pavel Durov tomonidan yaratilgan Toncoin kriptovalutasini savdo ro‘yxatiga kiritdi. Bu yangilik UzNex 2.0 platformasining ishga tushirilishi bilan bir vaqtda amalga oshirilib, savdo maydonchasidagi kriptovalyutalar soni 15 taga yetdi.

O‘zbekistonda Pavel Durovning kriptovalutasi rasmiy ravishda ishga tushirildi
Toncoin kriptovalutasining bozordagi o‘zgaruvchanligi, xususan, uning yaratuvchisi Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishi bilan bog‘liq bo‘lgan avgust oxiridagi inqiroz savdolarni to‘xtatmagan. 25-avgustda Toncoin bir donasi $5,63 bo‘lgan bo‘lsa, 5-sentabr kuni UzNexda ro‘yxatga kiritilganda uning narxi $4,6 ni tashkil etdi.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, kriptovalyutalar faqat litsenziyaga ega bo‘lgan platformalarda savdo qilinadi. Mamlakatda raqamli aktivlar ommalashib borayotgan bo‘lsa-da, tartibga soluvchilar noqonuniy faoliyatlarga qarshi qattiq nazoratni saqlab qolmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing