O‘zbekistonda profilaktika inspektorlarining vakolatlari kengaytiriladi
O'zbekiston
O‘zbekistonda ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi ish tizimi joriy etiladi. Prezidentning 2026 yil 4 sentyabrdagi PQ-314-son qarorida profilaktika inspektorlari vakolatlarini kengaytirish, ularning faoliyatini raqamlashtirish va bo‘linmalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish nazarda tutilgan.
Profilaktika inspektorining huquq va majburiyatlari, javobgarligi, xizmatni o‘tash va faoliyatini baholash tartibini belgilovchi alohida qonun ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda. Inspektor faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish ham taklif qilinmoqda.
Inspektorlarga birinchi marta sodir etilgan kam ahamiyatli ma’muriy huquqbuzarliklarning 17 turi bo‘yicha ogohlantirish qo‘llash vakolati berilishi rejalashtirilgan. Mahallalarning ko‘cha va yo‘laklaridagi yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq yana to‘rt turdagi huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llashlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, hozirda tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlari yoki ularning o‘rinbosarlari vakolatiga kiradigan ma’muriy ishlarning to‘qqiz turi inspektorlar tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Inspektorlarning ustuvor vazifasi aholi ishonchini oshirish va biriktirilgan hududda jinoyatchilikni jilovlashdan iborat bo‘ladi. Ularning kasbiy vazifalariga aloqador bo‘lmagan qo‘shimcha topshiriqlar berilmasligi belgilangan. Shu bilan birga, aholi ovoz berishi orqali inspektor faoliyatiga nisbatan «ishonchsizlik tashabbusi» mexanizmi joriy etiladi. Ayrim hollarda bu intizomiy choralar, hatto ishdan bo‘shatish uchun asos bo‘lishi mumkin.
2027 yil 1 avgustga qadar yagona axborot tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. Unda xavf guruhiga kiruvchi shaxslar ro‘yxati shakllantiriladi va individual profilaktika tadbirlari qayd etiladi. Fuqarolar «Mening inspektorim» mobil ilovasi orqali inspektorga real vaqt rejimida ariza, shikoyat va xabar yuborishi hamda uning faoliyatini baholashi mumkin bo‘ladi. Tezkor javob bo‘lmasa, murojaat avtomatik ravishda «112» tizimiga yuboriladi.
2026 yil 1 noyabrdan patrul-post va qo‘riqlash xizmatlari «112» orqali kelib tushgan jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarga, jumladan, turar joylardagi holatlarga tezkor javob beradi. Patrul yo‘nalishlari mahallalarning ichki ko‘chalarini ham qamrab oladi. Yo‘l-patrul xizmati esa jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ayrim vakolatlarga ega bo‘ladi.
Yoshlar profilaktikasiga ham alohida e’tibor qaratiladi. Ayollar, voyaga yetmaganlar va oliy ta’lim muassasalarida profilaktika masalalari bo‘yicha inspektor lavozimlari tegishli yo‘nalishlardagi profilaktika inspektori lavozimlariga o‘zgartiriladi. 2027 yil 1 martga qadar talabalar xavfsizligini ta’minlash uchun «Xavfsiz dargoh — xavfsiz talaba» axborot tizimini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor