O‘zbekistonda skuter va elektrosamokatlardan foydalanish tartibi belgilanmoqda

O'zbekiston

Endi skuterlar va shunga o‘xshash transport vositalari faqat piyodalar yo‘laklari yoki velosiped yo‘llarida harakatlanishi mumkin bo‘ladi. 2024-yildan boshlab elektromototsikllar, elektroskuterlarni boshqarish faqat tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat beriladi.

O‘zbekistonda skuter va elektrosamokatlardan foydalanish tartibi belgilanmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga koʻra, skuter-konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan, dvigatelining ish hajmi 25 sm kubdan (ichki yonuv dvigateli bo‘lganda) yuqori, shuningdek nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo‘lgan elektr dvigatelli mexanik transport vositasi hisoblanadi. Undan oshsa — kelgusi yildan davlat ro‘yxatidan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Qonunchilikka "Individual harakatlanish vositalari” tushunchasi kiritilmoqda, unga ko‘ra, dvigatel (dvigatellar) (elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unisikllar, monog‘ildirak va boshqa shunga o‘xshash vositalar) yordamida odamning individual harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bir yoki bir nechta g‘ildiraklari (roliklari) bo‘lgan transport vositasi sanaladi.

Individual harakatlanish vositalarini 14 yoshdan kichik shaxslar, mast odamlar boshqarishi, yo‘lovchi bilan boshqarish, telefondan foydalanish taqiqlanadi.

Trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalaridan soatiga 6 kilometr tezlikdan yuqori bo‘lmagan holatda, ular bo‘lmaganda esa yo‘lning o‘ng chetki qismida soatiga 20 kilometr tezlikdan yuqori bo‘lmagan holatda harakatlanishi lozim.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing