O‘qituvchilarga ehtirom va yoshlarga imkoniyat mamlakat kelajagini ta’minlaydi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan pedagoglarni tabrikladi hamda sohaning eng fidoyi vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi. Ustozlarga hurmat va yoshlarga imkoniyat yaratish – mamlakat kelajagining poydevori ekanini ta’kidladi.
So‘nggi 8 yilda ta’lim va fan xarajatlari 6 baravar oshib, 378 trln so‘mga yetdi. Mamlakatda 500 ga yaqin yangi maktab qurildi, maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshdi, Prezident maktablari va texnikumlar tizimi yo‘lga qo‘yildi.
2026 yil “Kasbiy ta’lim yili” deb e’lon qilindi. Yangi Agentlik tuziladi, 598 texnikumda xalqaro standartlar joriy qilinadi, Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda BTEC dasturi boshlandi. Yoshlar ITdan tortib biotexnologiyagacha bo‘lgan sohalarda xalqaro sertifikat olishi mumkin bo‘ladi.
O‘qituvchilar uchun ham keng imtiyozlar yaratildi: ipoteka bo‘yicha to‘lovlarni qoplash, farzandlariga oliygoh kontraktida chegirma, kompyuter xaridi uchun imtiyozli kredit, milliy va xalqaro sertifikatlar uchun ustama to‘lovlar.
Prezident ta’kidladi: «Har bir yosh kasb egallab, o‘z mehnati bilan daromad qilsa, oilalarda farovonlik, mahallalarda esa totuvlik bo‘ladi».

Powered by Froala Editor