O‘zbekistonda bitiruvchilar uchun yagona davlat imtihonlari joriy etilmoqda
O'zbekiston
O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan boshlab 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy etiladi. Ularning natijalari asosida bitiruvchilar texnikum yoki oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kira oladi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan muloqotda ma’lum qildi. Tadbirga mamlakat bo‘ylab 40 mingdan ortiq ustozlar ulangan.
Bugungi kunda maktablarda 6,5 million bola tahsil olmoqda. Joriy yilda 400 mingga yaqin o‘quvchi 9-sinfni bitirdi, 1-sinflarga esa 720 ming bola qabul qilindi. So‘nggi 8 yilda 500 ga yaqin yangi maktab qurildi, 1 million qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi. 200 mingdan ortiq o‘quvchi xususiy maktablarda o‘qimoqda.
Yangi tizim orqali 400 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarda o‘qishni davom ettiradi. Universitetga kirishni istaganlar esa tanlagan fanlarini chuqurroq o‘rganadi.
Prezident ta’kidladi: «Maktabdagi yakuniy imtihonlar har bir yosh uchun hayotiy start bo‘lsin: xohlasa texnikumga, xohlasa oliygohga kira olsin».

Powered by Froala Editor