O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha ishlar Olmaotada taqdim etildi
Texnologiya
Bugun, 31-yanvar kuni Olmaotada "Digital Almaty 2025" Xalqaro raqamli forumi doirasida yalpi majlis bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov yalpi majlis davomida mamlakatda raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’ruza qildi.Shuningdek, O‘zbekiston sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha jahon yetakchilari qatoridan joy olishga intilayotganini ta’kidladi.
Ma’ruzada quyidagilar qayd etildi:
O‘zbekistonda 2030-yilgacha sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi Prezident tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan.
Sun’iy intellekt asosida dasturiy ta’minot ishlab chiqish va raqamli xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSh dollarigacha oshirish rejalashtirilgan.
Bir necha ilmiy laboratoriyalar tashkil etilib, yuqori samarali server infratuzilmasi shakllantiriladi.
Strategiya doirasida 20 dan ortiq loyiha allaqachon amalga oshirilgan, sun’iy intellekt texnologiyalarini asosiy iqtisodiy tarmoqlarga joriy etish sezilarli natijalar bergan.
Sun’iy intellektning amaliy tatbiqlari quyidagilar Palm Pay to‘lov tizimi Toshkent metrosida joriy etildi, bu yo‘lovchilar uchun qulay va tezkor to‘lov imkoniyatini yaratdi.
Banklar va yirik savdo markazlarida "My ID" va "UzFace" tizimlari ishga tushirildi, bu esa mijozlarni tezroq identifikatsiya qilish va raqamli firibgarlik xavfini kamaytirishga xizmat qiladi. Soliq tizimi va davlat xizmatlari portalida virtual yordamchilar ishga tushirildi, bu esa aholiga maslahat olish va elektron xizmatlardan foydalanishda qulaylik yaratmoqda. Natijada, O‘zbekiston 2024-yilda "Hukumatning sun’iy intellektga tayyorgarligi" reytingida 17 pog‘ona yuqorilashga erishdi.
Bundan tashqari, majlis davomida, O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligiga keng joriy etishga katta e’tibor qaratmoqda. IT-infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.
Sun’iy intellektni tartibga solish standartlarini ishlab chiqish, malakali kadrlar tayyorlash va zarur infratuzilmani yaratish maqsadida O‘zbekiston yetakchi xalqaro tashkilotlar va IT-kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish ustida ishlamoqda.
Shuningdek, forum doirasida raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi hamda ushbu sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Powered by Froala Editor