Uitkoffning oltinchi safari — va bugunoq Putin bilan uchrashuv

Dunyo

AQShning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan navbatdagi uchrashuv uchun Moskvaga yetib keldi — bu yilgi oltinchi tashrif. Bu safar uni Trampning kuyovi Jered Kushner ham kuzatib bormoqda, bu esa muzokaralarni jadallashtirishga urinish sifatida baholanmoqda. Asosiy masala yana hududlar bo‘lib qolmoqda.

Uitkoffning oltinchi safari — va bugunoq Putin bilan uchrashuv
Uitkoffning samolyoti “Vnukovo” aeroportiga qo‘ndi va uni Rossiya prezidenti maxsus vakili Kirill Dmitriyev kutib oldi.
Kushnerning ishtiroki kutilmagan bo‘ldi: rasmiylar safar oldidan bu haqda tasdiq bermagan edi. CNN manbalariga ko‘ra, Tramp Kushnerni murakkab kelishuvlarni yakunlashni biladigan mutaxassis deb hisoblaydi.

Bundan avval Floridada Uitkoff, Kushner va AQSh davlat kotibi Marko Rubio Ukraina delegatsiyasi bilan tinchlik rejasini muhokama qilgan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy bahs yana hududlar masalasida bo‘lgan — rejadagi eng muhim va eng bahsli band.

Yaquin kunlarda Uitkoffning Putin bilan uchrashuvi kutilmoqda va u muzokaralarning qaysi yo‘nalishda davom etishini belgilab berishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing