O‘zbekistonda taksi bozorida 5 trln so‘mlik aylanma qayd etildi
O'zbekiston
2025-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning “oq” taksi bozorida aylanma 5 trln so‘mdan oshdi, umumiy safarlar soni esa 262 mln ga yaqinlashdi. Eng ommabop avtomobil — Cobalt, aksariyat haydovchilar esa yiliga 5 mln so‘mdan kam daromad olmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning birinchi 7 oyi davomida taksi xizmatlari orqali 262,2 mln safar amalga oshirilgan. Ushbu xizmatlar orqali 5 trln so‘m aylanma qayd etilgan.
Taksilar faoliyatini rasmiylashtirgan agregatorlar soni 215 taga yetgan (2024 yilda — 155 ta).
To‘lovlarning 76,3% — naqd shaklda, 27,8% — naqd pulsiz amalga oshirilgan. O‘rtacha bir chek qiymati 19 ming so‘mdan oshgan (2024-yilda — 18 456 so‘m).
Taksichilik bilan shug‘ullanuvchi 457,3 ming nafar haydovchining:
Faqat 0,4% haydovchi (1 830 kishi) 100 mln so‘mdan ko‘p daromad qilgan. Haydovchilarning yarmidan ko‘pi 5 mln so‘mdan kam topgan. Doimiy taksichilik bilan faqat 6,5% shug‘ullanadi.
Haydovchilar daromadi bo‘yicha:
Eng mashhur avtomobillar:
Avtoparkning atigi 1,8% qismi elektromobillar. 10 yildan eski mashinalar — 27,7%, ko‘pchilik mashinalar 1–5 yillik.
Agregatorlar tomonidan 98,8 mlrd so‘m soliq to‘langan, shundan 55,4 mlrd so‘m — QQS.

- 56,3% — 30–50 yosh oralig‘ida;
- 36,3% — 30 yoshgacha;
- 7% — 50 yoshdan katta;
- 3,48 ming nafari — ayollar.
Faqat 0,4% haydovchi (1 830 kishi) 100 mln so‘mdan ko‘p daromad qilgan. Haydovchilarning yarmidan ko‘pi 5 mln so‘mdan kam topgan. Doimiy taksichilik bilan faqat 6,5% shug‘ullanadi.
Haydovchilar daromadi bo‘yicha:
- 1 mln so‘mgacha — 140,2 ming
- 1–5 mln — 122,8 ming
- 5–10 mln — 59,4 ming
- 10–50 mln — 113,7 ming
- 50–100 mln — 19,1 ming
- 100 mln dan ortiq — 1,8 ming
Eng mashhur avtomobillar:
- Cobalt — 23,5%
- Nexia — 21,5%
- Lacetti — 16,9%
- Spark — 12,2%
- Matiz — 8,5%
Avtoparkning atigi 1,8% qismi elektromobillar. 10 yildan eski mashinalar — 27,7%, ko‘pchilik mashinalar 1–5 yillik.
Agregatorlar tomonidan 98,8 mlrd so‘m soliq to‘langan, shundan 55,4 mlrd so‘m — QQS.
Powered by Froala Editor