O’zbekistonda to’rt oyda 1013 dona yuk avtomobili ishlab chiqarildi
O'zbekiston
2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 1013 dona yuk avtomobili ishlab chiqarildi, deb xabar bermoqda O’zR Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.
Yuk avtomobili ishlab chiqarish hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,8%ga oshgan.
So‘nggi yillarda ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari soni:
— 2022-yil yanvar-aprel – 1 188 ta
— 2023-yil yanvar-aprel – 717 ta
— 2024-yil yanvar-aprel – 1013 ta
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda yuk avtomobillarini ishlab chiqaruvchi qator korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Masalan, UzAuto Motors kompaniyasi Andijon viloyatining Asaka shahridagi zavodida turli avtomobillar, jumladan, yuk mashinalarini ishlab chiqaradi. Samarqand shahrida joylashgan SamAuto ham yuk mashinalari va avtobuslari, shuningdek, tijorat avtomobillari bilan mashhur. UZ TRUCK AND BUS MOTORS O‘zbekiston-Germaniya-Xitoy qo‘shma korxonasi 5 tonnadan 70 tonnagacha yuk ko‘taruvchi zamonaviy va ishonchli MAN va Sinotruk tijorat avtomobillarini ishlab chiqaradi.

Powered by Froala Editor