O‘zbekistonda tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib bermagani uchun sotuvchilarni jarimaga tortish taklif qilinmoqda

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ikkinchi o‘qishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi. Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, tovarni kelishilgan muddatda xaridorga topshirmagan sotuvchilar penya to‘lashga majbur bo‘ladi.

O‘zbekistonda tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib bermagani uchun sotuvchilarni jarimaga tortish taklif qilinmoqda
Qonun loyihasiga ko‘ra, agar sotuvchi tovarni kelishilgan muddatda iste’molchiga topshirmasa, u miqdori tovarning o‘z qiymatidan oshmaydigan penya to‘lashi shart bo‘ladi. Bunda sotuvchi yetkazib berish kechiktirilganligi tufayli iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Biroq, agar sotuvchi kechikish xaridorning aybi bilan sodir bo‘lganini isbotlasa, penya hisoblanmaydi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga va sotuvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarishning qo‘shimcha kafolatlarini yaratishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing