O‘zbekistonda Ukrainaning “Uklon” taksi xizmati ishga tushirildi

Biznes

O‘zbekistonda “Uklon” taksi chaqiruvi xizmati ishga tushdi. Xizmat Toshkent shahrida mavjud. Uklon yetkazib berish xizmatini ham taqdim etadi.

O‘zbekistonda Ukrainaning “Uklon” taksi xizmati ishga tushirildi
Ukrainaning “Uklon” taksi chaqiruv xizmati O‘zbekiston bozoriga kirdi. Bu haqda tashkilotning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi. Bugundan boshlab mijozlar “Uklon” ilovasi orqali taksi chaqirishlari mumkin.

“Biz boshqa mamlakatlarga kengayishni boshladik, chunki biz global o'yinchilar bilan raqobatlasha olishimizga ishonchimiz komil. Bundan tashqari, biz Ukraina mahsuloti va qadriyatlarimiz bizga yangi mamlakatda bozor ulushini egallashga imkon beradi, deb ishonamiz”, dedi kompaniyaning bosh operatsion direktori va hammuassisi Sergey Smus.

Xizmat Toshkent shahrida mavjud. Uklon yetkazib berish xizmatini ham taqdim etadi. Hozir kompaniya Ukrainaning 27 shahrida faoliyat yuritadi, kompaniyaning mobil ilovasi 12 mln martadan ortiq yuklab olingan. May oyida Uklon Ozarbayjon bozoriga kirishini e'lon qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing