O‘zbekistonda uy-joy savdosi 12%ga kamaydi

O'zbekiston

Surxondaryo, Namangan va Jizzax viloyatlarida savdo faolligi eng ko‘p kamaydi — 20%dan ortiq.

O‘zbekistonda uy-joy savdosi 12%ga kamaydi
Fevral oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida bitimlar soni yanvarga nisbatan 12%ga kamayib, 22,4 mingta bo‘ldi. Shunga qaramay, yillik hisobda savdolar 1%ga o‘sdi.

Toshkent shahrida savdo hajmi 9,5%ga kamaygan.

Mamlakat bo‘yicha ikkilamchi uy-joy narxlari bir oyda 0,6%ga pasaydi, biroq o‘tgan yilga nisbatan 1%ga oshdi. Yillik kesimda eng katta narx o‘sishi Buxoro, Jizzax va Xorazm viloyatlarida kuzatildi — o‘rtacha 8%.

Poytaxtda ikkilamchi uy narxlari bir oyda 0,3%ga, yil davomida esa 5,1%ga arzonlashdi. Yangi qurilgan uylarda narxlar bir yilda 3,1%ga pasaygan. Ijarada esa ozgina tushish qayd etildi — o‘rtacha narx 1 kv.m uchun $8, markaziy tumanlarda esa $10. Yillik hisobda ijara narxi 9,8%ga arzonlashdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing