O‘zbekistonda yangi tezyurar magistral va “quruq port” quriladi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni mamlakat yo‘l tarmog‘ini modernizatsiya qilish va logistika infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik transport loyihalari bo‘yicha hisobot bilan tanishdi.
314 kilometrlik "Toshkent - Andijon" muqobil tezyurar trassasini qurishga alohida e’tibor qaratildi. Jahon banki ko‘magida loyihani amalga oshirish shaharlar o‘rtasidagi yo‘l vaqtini 5 soatdan 3 soatgacha qisqartirish, YaIMni 2,6 foizga oshirish va YTH sonini 40 foizga kamaytirish imkonini beradi. Yo‘l qurilishi bo‘yicha xalqaro tenderga yetakchi xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, BAAning AD Ports Group kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida “quruq port” tashkil etish rejalari muhokama qilindi. Prezident Transport vazirligiga muqobil yo‘llar qurish, yo‘llar sifatini yaxshilash, haydovchilar uchun yangi qulay servislar joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Powered by Froala Editor