O‘zbekistonda yangi turistik yo‘nalishlar ochilmoqda

O'zbekiston

O‘zbekistonda ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish, xorijlik va mahalliy sayyohlarga, ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini yanada yaxshilash va sohada mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekistonda yangi turistik yo‘nalishlar ochilmoqda
Xususan, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatining tuman va shaharlarini bog‘lovchi “Oltin vodiy sayyohlik halqasi” hamda Xorazm va Qoraqalpog‘iston bo‘ylab “Qal’alar halqasi” turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqildi.

“Oltin vodiy sayyohlik halqasi” turistik yo‘nalishi jami Farg‘onada 22 ta, Andijonda 18 ta va Namanganda 17 ta tashrif ob’ektlarini o‘z ichiga olgan.

Vodiyga tashrif buyurgan turistlarni aniq marshrut asosida kutib olinadi. Sayyohlarga qiziqarli manzillar taqdim etiladi. Mehmonlar “Oltin vodiy sayyohlik halqasi” turistik yo‘nalishida joylashgan madaniy meros ob’ektlari, eko- va agroturizm ob’ektlari, ko‘ngilochar maskanlar va hunarmandchilik markazlari bilan yaqindan tanishadilar.

Xorazm va Qoraqalpog‘iston bo‘ylab “Qal’alar halqasi” turistik yo‘nalishi xorijlik va mahalliy sayyohlarga yurtimizda joylashgan qadimiy qal’lar – Ichan Qal’a, Ulli Hovli, Qalajiq qal’a, Sulaymon qal’a, Toshqal’a, Ayazqal’a, Tuproqqal’a va Ellikqal’a tarixi bilan yaqindan tanishishga imkoniyat yaratadi.

Mazkur turistik yo‘nalishlar mamlakatimizning qadimiy qadamjolariga xorijlik va mahalliy sayyohlar oqimini ko‘paytirishga va yurtimiz turizm salohiyatini oshirishga yordam beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing