O‘zbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqaruvchilari va rasmiy dilerlari tasdiqlandi
O'zbekiston
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik tartibga solish agentligi O‘zbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqaruvchilari va rasmiy dilerlar ro‘yxatini tasdiqladi. Ro‘yxatga UzAuto Motors, ADM Jizzakh, BYD Uzbekistan Factory kabi 18 ta kompaniya kiritildi.
Texnik tartibga solish agentligi yengil avtomobil ishlab chiqaruvchi va rasmiy import qiluvchi kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Umumiy hisobda 18 kompaniya bor: ularning 6 tasi avtomobil ishlab chiqaradi, qolganlari esa xorijiy brendlarning rasmiy importchisi sifatida faoliyat yuritadi. Ro‘yxatda Chevrolet, Kia, Hyundai, BYD, Volkswagen, Mercedes-Benz, Porsche va BMW kabi mashhur brendlar mavjud.
Ro‘yxatga quyidagilar kiritilgan:
UzAuto Motors (Chevrolet),
ADM Jizzakh (Haval, Kia, Lada),
Asaka Motors International (Hyundai, Shineray),
BYD Uzbekistan Factory (BYD),
Jizzax Avtomobil Zavodi (Volkswagen, Jetta),
Samarqand avtomobil zavodi (SAZ),
shuningdek, bir qator importyorlar: Avtocapital (Mercedes-Benz), Premium Auto (BMW), Orbis Cars Premium (Porsche) va boshqalar.
Alohida qayd etilishicha, Leapmotor brendi bo‘yicha mart oyida elektromagnit talablariga mos kelmaslik sabablari bilan sertifikatlash vaqtincha to‘xtatilgan edi. Ammo aprel oyida qo‘shimcha tekshiruvlardan so‘ng, kompaniyaga rasmiy distribyutor orqali ishlash sharti bilan sertifikatlash jarayoni qayta tiklandi.

Powered by Froala Editor