O‘zbekistonga besh oyda AQShdan qancha sayyoh kelgani ochiqlandi

O'zbekiston

Joriy yilning yanvar-may oylari davomida AQShdan O‘zbekistonga 10,6 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan, deb xabar bermoqda O‘zR Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining matbuot xizmati.

O‘zbekistonga besh oyda AQShdan qancha sayyoh kelgani ochiqlandi
Besh oyda AQShdan O‘zbekistonga kelgan turistlarning asosiy safar maqsadlari:

― dam olish – 8446 nafar

― xizmat yuzasidan – 1089 nafar

― qarindoshlarni yo‘qlash – 832 nafar

― tijorat – 167 nafar

― boshqa maqsadlar – 136 nafar

Ma’lumot o’rnida aytish joizki, O’zbekiston va AQSh o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi oshib bormoqda, 2023-yil yakunida u 30% ga oshdi. O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan AQSH kompaniyalari soni ortmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing