O‘zbekistonga kelayotgan turistlar soni 16,8 foizga oshdi

O'zbekiston

2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi 5,7 million nafardan ortiq chet el fuqarolarini turist sifatida qabul qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,8 foizga o‘sdi.

O‘zbekistonga kelayotgan turistlar soni 16,8 foizga oshdi
Turistlar orasida eng ko‘p kelganlar Tojikiston (1,67 mln), Qirg‘iziston (1,65 mln) va Qozog‘istondan (1,13 mln) bo‘ldi. Shuningdek, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya kabi davlatlardan ham sezilarli miqdorda mehmonlar keldi.

Turistlar oqimining o‘sishi mamlakatning turizm sohasida olib borilayotgan islohotlari va qulay sharoitlar yaratilganining natijasidir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing