“Uzum sayli — 2026” festivalida 30 dan ortiq mamlakat vakillari qatnashdi
O'zbekiston
Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Uzum sayli — 2026” xalqaro festivali yakunlandi. To‘rtinchi marotaba o‘tkazilgan tadbir O‘zbekistonning barcha hududlaridan fermer xo‘jaliklari, ekoturizm sohasidagi tadbirkorlar, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, shuningdek, 30 dan ortiq mamlakatdan olimlar, ekspertlar va soha mutaxassislarini bir maydonga jamladi. Festivalning “Eng yaxshi pavilon” nominatsiyasidagi bosh sovrin Surxondaryo viloyatiga nasib etdi.
Festival Turizm qo‘mitasi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati paviloni uzumchilik an’analari, mahalliy mahsulotlar taqdimoti va milliy uslubdagi bezagi bilan ajralib turdi. Boshqa nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar ham diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Festival dasturidan qishloq xo‘jaligi yarmarkalari, uzumchilik va vinochilik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar hamda biznes-seminarlar o‘rin oldi. Shuningdek, milliy mahsulotlar ko‘rgazmalari va madaniy dasturlar tashkil etildi.
Tadbir doirasidagi uchrashuv va sessiyalarda uzumchilik, vinochilik hamda turizm sohalarida tajriba almashish, mahalliy mahsulotlarni targ‘ib qilish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Powered by Froala Editor