Zelenskiy Ukraina Mudofaa vazirligi budjeti taqchilligini $27 milliardga baholadi
Dunyo
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Mudofaa vazirligi budjeti taqchilligi 27 milliard dollarni tashkil etishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘larning katta qismi 2027-yil boshidagi mudofaa xarajatlarini ta’minlash uchun zarur.
Zelenskiy 23-avgust kuni jurnalistlar bilan muloqotda joriy yil boshida yilning ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan mablag‘larning bir qismi dronlar ishlab chiqarish va boshqa mudofaa ehtiyojlariga yo‘naltirilganini bildirdi. Endilikda ushbu xarajatlarni qoplash zarur.
Ukraina prezidenti hisob-kitobiga ko‘ra, 8–10 milliard dollar 2027-yilni normal moliyaviy ta’minot bilan boshlash uchun kerak bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha, bu mablag‘lar qurol-yarog‘ va boshqa zarur vositalarni yanvar oyidayoq ta’minlash uchun oldindan ajratilishi lozim.
Yana qariyb 20 milliard dollar harbiy xizmatchilarning ish haqi, halok bo‘lgan harbiylarning oilalariga to‘lovlar va boshqa moliyaviy yo‘nalishlarga to‘g‘ri keladi.
Taqchillikni qoplash masalasi yuzasidan Kiyev Fransiya va Germaniya bilan muzokaralar olib bormoqda. Shu bilan birga, Ukraina Yevropa Ittifoqidan 30 milliard yevro olishni kutmoqda. Biroq taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mablag‘larning ajratilishi Ukraina parlamenti tomonidan tegishli qonunchilikning qabul qilinishiga bog‘liq.

Powered by Froala Editor