O‘zbekistonga keluvchi xorijiy mehmonlar oqimi qariyb 50 foizga oshdi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki sakkiz oyida mamlakatimizga 7,5 million xorijiy turist tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 2,5 millionga ko‘p bo‘lib, 49,1 foizlik o‘sishni tashkil etdi.

O‘zbekistonga keluvchi xorijiy mehmonlar oqimi qariyb 50 foizga oshdi
Eng ko‘p mehmonlar qo‘shni davlatlardan kelgan: Qirg‘iziston (2,16 mln kishi), Qozog‘iston (1,77 mln) va Tojikiston (1,7 mln). Shuningdek, Rossiya (663 ming), Afg‘oniston (304 ming), Turkmaniston (243 ming), Xitoy (135 ming) va Turkiyadan (113 ming) ham sezilarli oqim kuzatildi. Hindiston (42 ming) va Koreya Respublikasidan (30 ming) kelganlar ham o‘nlikdan joy oldi.

Safar maqsadlariga ko‘ra, eng katta ulush qarindoshlarni ziyorat qilishga to‘g‘ri keladi — 5,16 mln kishi. Turistik sayohatlar 1,15 mln, xizmat safarlari 837 ming, tijorat tashriflari 288 mingni tashkil etdi. Bundan tashqari, 62 ming kishi davolanish uchun, 14 mingdan ortig‘i esa o‘qish uchun kelgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing