O'zbekistonlik atletlar yozgi Olimpiya o'yinlarida ilk bor 19 sport turida 75 ta yo'llanmani qo'lga kiritdi

Sport

O'zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida futbol, ayollar kurashi, suvga sakrash va kamondan otish dasturlarida debyut qiladi.

O'zbekistonlik atletlar yozgi Olimpiya o'yinlarida ilk bor 19 sport turida 75 ta yo'llanmani qo'lga kiritdi
Bugun, 17 iyul kuni Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari starti oldidan Toshkentdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida matbuot anjumani tashkil etildi, deb xabar berdi Milliy Olimpiya qo'mitasi.

Tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosarlari Ravshan Irmatov, Saken Polatov, Azizjon Kamilov va Sherzod Tashmatov, shuningdek, OAV xodimlari ishtirok etishgan.

Anjumanda 3-yil davom etgan siklda oʻzbek sporti tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar atlet bilan 75 ta yoʻllanma qoʻlga kiritilganini, qolaversa, O'zbekiston delegatsiyasi futbol, ayollar kurashi, suvga sakrash va kamondan otish dasturlarida debyut qilishi alohida qayd etilgan.

Bugun Ishchi guruhining dastlabki qismi Fransiyaga poytaxtiga yoʻl olgan bo'lib, asosiy delegatsiya 23-iyul sanasida Parijga joʻnab ketishi rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing