O‘zbekistonlik publitsist va yozuvchi Ismat Kuchiyev “Ozarbayjon do‘sti” oltin ordeni bilan taqdirlandi

Dunyo

Taniqli o‘zbek publitsisti, shoiri va yozuvchisi, “Haydar Aliyevning g‘alabasi” va “Ozarbayjon tantanasi” kitoblari muallifi Ismat Kuchiyev “Ozarbayjon do‘sti” oltin ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekistonlik publitsist va yozuvchi Ismat Kuchiyev “Ozarbayjon do‘sti” oltin ordeni bilan taqdirlandi
Mukofot Ismat Kuchiyevga Ozarbayjon xalqiga qardoshlik va do‘stona munosabati uchun topshirildi.

Qayd etilishicha, Rossiya Milliy kutubxonasida tashkil etilgan “Buyuk yo‘lboshchi Haydar Aliyev merosiga bag‘ishlangan kitoblarni nashr etish” xalqaro loyihasi doirasida “Haydar Aliyev hayotining 100 lahzasi” kitobining taqdimot marosimida “Ozarbayjon do‘sti” oltin ordenini Ismat Kuchiyevga “Ozarbayjonim” xalqaro jurnali bosh muharriri, Xalqaro Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi Emil Nasirli topshirdi.

Emil Nasirli davlatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar azaldan strategik sheriklik xarakteriga ega ekanini ta’kidladi. Ayni paytda Ozarbayjon-O‘zbekiston munosabatlarining yuqori darajasiga erishishda Prezident Ilhom Aliyev va Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy munosabatlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Har ikki Prezident davlat va rasmiy tashriflardan tashqari, turli xalqaro tadbirlar doirasida tez-tez uchrashib turishlari bejiz emas.

“Ozarbayjonning O‘zbekiston, shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan kundan-kunga mustahkamlanib borayotgan hamkorligi mamlakatlarimiz va xalqlarimiz, shuningdek, butun turkiy dunyo taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shmoqda”, — deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing