Tramp AQSHning Hormuz bo‘g‘ozini nazoratga olish niyatini ma’lum qildi
Dunyo
AQSH Prezidenti Donald Tramp Vashington dunyoning eng muhim dengiz yo‘llaridan biri bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozi xavfsizligini nazorat qilish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu bayonot AQSH va Eron o‘rtasidagi harbiy keskinlik yana kuchaygan bir paytda yangradi.
Fox News telekanaliga bergan telefon intervyusida Tramp AQSH Hormuz bo‘g‘ozini qo‘riqlash vazifasini bajarishini va buning uchun xalqaro hamjamiyatdan moliyaviy kompensatsiya olishi kerakligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, ushbu dengiz yo‘lagidan foydalanayotgan davlatlar xavfsizlik xarajatlarini ham bo‘lishishi lozim.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Vashington va Tehron o‘rtasida ilgari erishilgan kelishuvlar Eron tomonidan buzilgan. Shu sababli u mojaro yanada keskinlashgan taqdirda AQSH qat’iy javob choralarini ko‘rishga tayyorligini bildirdi.
So‘nggi kunlarda AQSH va Eron o‘rtasida yana o‘zaro zarbalar almashinuvi davom etmoqda. Muzokaralar esa sezilarli natija bermadi. Eron bir necha bor Hormuz bo‘g‘ozini yopish ehtimoli haqida bayonot berdi. Mazkur bo‘g‘oz orqali dunyo neft eksportining muhim qismi amalga oshiriladi.
Tehron bo‘g‘ozdagi kemalar harakatini nazorat qilish huquqiga ega ekanini ta’kidlab, AQSHni avvalgi kelishuvlarni buzishda ayblamoqda. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi esa AQSH harbiy aralashuvi to‘xtatilgan taqdirdagina muntazam dengiz qatnovini tiklash mumkinligini bildirib, mojaroning davom etishi jahon neft va gaz bozoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Powered by Froala Editor