O‘zbekistonlik qizlar qilichbozlik bo‘yicha Osiyo kubogi shohsupasini zabt etdi

Sport

Toshkentda o‘tkazilayotgan Osiyo kubogi doirasida o‘smirlar o‘rtasida qilichbozlik musobaqalari boshlandi. Unda 11 davlatdan 200 dan ortiq sportchi qatnashmoqda. Musobaqaning ilk kunidayoq o‘zbekistonlik qizlar to‘liq medallar to‘plamini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik qizlar qilichbozlik bo‘yicha Osiyo kubogi shohsupasini zabt etdi
Dastlab rapira bo‘yicha shaxsiy bahslar o‘tkazildi. Natijalar quyidagicha bo‘ldi:
oltin — Salima Ruziyeva
kumush — Bibioysha Xusanboyeva
bronza — Perizat Mauinbergenova

Yigitlarimizga bir oz omad yetishmadi, ammo oldinda hali bir necha kunlik bahslar bor.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing