Oʻzbekistonlik sablyachi qizlar tengsiz deb topildi
Sport
Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 19-noyabr kuni tashkil etilgan jamoaviy dasturda Oʻzbekiston jamoasi qizlari barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratishgan va oltin medallarni qoʻlga kiritishgan. Sportchilar yarim finalda Janubiy Koreyani 45:26, final bahsida esa Qozog’istonni 45:37 hisobida dogʻda qoldirishgan.
Jamoa safida Fernanda Errera, Gulistan Perdibayeva, Nargiza Jaksibayeva va Samira Shokirova ishtirok etgani qayd etilgan.
Jamoa safida Fernanda Errera, Gulistan Perdibayeva, Nargiza Jaksibayeva va Samira Shokirova ishtirok etgani qayd etilgan.
Powered by Froala Editor