O'zbekistonlik shtangachi Osiyo chempionati shohsupasiga ko'tarildi

Sport

Xitoyning Jiangshan shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetmoqda. Kecha -87 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Tursunoy Jabborova dast ko‘tarish mashqida 108 kg natija qayd etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O'zbekistonlik shtangachi Osiyo chempionati shohsupasiga ko'tarildi
Afsuski, siltab ko‘tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi u yakunda sakkizinchi o‘rinni egalladi. Uning hamyurti Nigora Suvonova ushbu yo‘nalishda 6-natijani qayd etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi qator medallarni qo‘lga kiritgan turnirdagi ishtirokini davom ettirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing