O‘zbekistonlik velosportchi ASEAN Series’da oltinlarni qo‘lga kiritdi
Sport
Malayziyada o‘tayotgan ASEAN Track Series xalqaro trek velosporti musobaqasida Sergey Rostovtsev muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda. Musobaqaning ikkinchi kunida u yana ikki bor g‘alaba qozonib, musobaqa yetakchilaridan biri ekanini tasdiqladi.
Bugun ayollar o‘rtasida omnium, erkaklar o‘rtasida esa scratch va elimination dasturlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Sergey Rostovtsev har ikkala erkaklar bahsida ham barcha raqiblarini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi.
Bir kun avval u omnium dasturida g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa Rostovtsev ikki kun ichida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga uchta oltin medal olib keldi, deya xabar beradi Velosport federatsiyasi matbuot xizmati.
Ayollar o‘rtasidagi omnium bahslarida esa O‘zbekiston vakilasi Nafosat Koziyeva to‘rtinchi natijani qayd etdi.

Powered by Froala Editor