O‘zbekistonlik velosportchilar Shveytsariyadagi musobaqada ishtirok etadi

Sport

Bugun Shveysariyada veloshosse boʻyicha Tour de Suisse koʻpkunlik turniri start oladi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

O‘zbekistonlik velosportchilar Shveytsariyadagi musobaqada ishtirok etadi
Unda Tashkent City Womenʻs Professional Cycling Team ham asosiy tarkibda ishtirok etadi.

4 bosqichli musobaqa 18-iyun sanasiga qadar davom etadi.

Unda sportchilar jami 327,4 km masofani bosib oʻtishadi.

Bugun birinchi bosqichda poygachilar Vilar-Syur-Ollon shaharchasi atrofidagi 58,6 km masofada bellashishadi. Unda ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz bilan tanishing:

Olga Zabelinskaya

Margarita Misyurina

Nafosat Koziyeva

Yevgeniya Golotina

Madina Qahhorova

Mohina Elmurodova

Eslatib o‘tamiz, 6–12-iyun kunlari Olmaota shahrida (Qozog‘iston) veloshosse bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston vakillari 5 ta medal – 1 ta “oltin” va 4 ta “kumush”ni qo‘lga kiritgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing