O‘zbekistonliklar eng ko‘p sayohat qilgan davlatlar e’lon qilindi

O'zbekiston

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida 5,2 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda xorijga chiqdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,8 foizga ko‘p.

O‘zbekistonliklar eng ko‘p sayohat qilgan davlatlar e’lon qilindi
Eng ko‘p sayohat qilingan yo‘nalishlar orasida qo‘shni davlatlar yetakchilik qilmoqda.

Qirg‘iziston — 2,3 mln kishi

Qozog‘iston — 956 ming kishi

Tojikiston — 887,9 ming kishi

Rossiya — 312,7 ming kishi

Turkiya — 181,7 ming kishi

Saudiya Arabistoni — 165,7 ming kishi

BAA — 94,2 ming kishi

Misr — 45,4 ming kishi

Vetnam — 28,5 ming kishi

Xitoy — 27,6 ming kishi

Yana 162,4 ming kishi boshqa davlatlarga sayohat qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing