O’zbekistonliklar NASA da suniy yo’ldosh uchirilishida ishtirok etdi

Dunyo

17-dekabr kuni Oʻzbekistonlik UzSAT muhandislari SES sunʼiy yoʻldosh aloqa operatorining maxsus taklifiga binoan yangi O3b mPower 7 & 8 sunʼiy yoʻldoshlarining uchirilishida ishtirok etdilar.

O’zbekistonliklar NASA da suniy yo’ldosh uchirilishida ishtirok etdi
Uchirish Florida shtatidagi Kanaveral burnida joylashgan Kennedy Space Center NASA uchirish maydonchasidan amalga oshirildi.

Orbitaga chiqarish Space X jamoasi bilan hamkorlikda koʻp marta ishlatiluvchi birinchi bosqichli “Falcon 9” ogʻir toifadagi raketa tashuvchisini uchirish orqali amalga oshirildi. Uchirish sanasigacha UzSATʻning Oʻzbekistondagi texnik mutaxassislari O3b sunʼiy yoʻldoshini sinovdan oʻtkazish uchun SES uskunalarini oʻrnatdilar.

Oʻzbekiston sinovlar va foydalanish uchun SESʻdan yangi uskunalar va ruxsatnoma olgan dastlabki mamlakatlardan biri hisoblanadi.

UzSAT davlat-xususiy kompaniyasi Oʻzbekistonda sunʼiy yoʻldosh aloqasi va internet xizmatlarini rivojlantirish maqsadida oʻzining VSAT tarmogʻini yaratmoqda. 2024-yilda UzSAT birinchi yer usti sunʼiy yoʻldosh aloqa stansiyasi qurilishini yakunladi. Ikkinchi yer usti stansiyasi 2025-yilda qurib bitkaziladi.

Bundan tashqari, joriy yilning avgust oyida UzSAT kompaniyasi radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi bilan hamkorlikda 12 ta davlat, 7 ta xususiy Oʻzbekiston telekanallari va 4 ta radiostansiya eshittirishlarini dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlariga, 760 million kishini qamrab olgan holda efirga uzatdi.

Bu Markaziy Osiyo, Afgʻoniston, Yaqin Sharq va Yevropaning turli mamlakatlarida istiqomat qilayotgan oʻzbek xalqining madaniy merosini mustahkamlash va saqlab qolishga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing