O'zbekistonliklar Rossiyadan eng ko'p valyuta olib kirgan

Iqtisodiyot

Statistika ma’lumotlariga ko'ra, 2024-yilda O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan pul o'tkazmalari hajmi 14,8 milliard dollarni tashkil qildi. Bu 2023-yilga nisbatan 30 foizga yoki 3,4 milliard dollarga ko‘p. Mablag‘larning asosiy qismi, yani 77 foizi Rossiyadan (11,5 milliard dollar) kelgan bo‘lib, 29 foizga o'sgan. Qozog'iston, AQSH, Janubiy Koreya, Turkiya va Buyuk Britaniya ham yirik manba mamlakatlar sifatida qayd etildi.

Shuningdek, xorijdan pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda P2P (onlayn) platformalarning ommalashuvi qayd etildi. Bu turdagi o‘tkazmalar 2024-yilda jami 5,9 milliard dollarni tashkil etdi va 2023-yilga nisbatan 51 foizga o‘sdi.

2024-yilda banklar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi chet el valyutasi oldi-sotdi operatsiyalari hajmi 25,5 milliard dollarni tashkil qildi, bu 2023-yilga nisbatan 19 foizga ko‘pdir. Jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilgan chet el valyutasi hajmi 16,1 milliard dollarni tashkil etib, 31 foizga oshdi.

Banklarning valyuta ayirboshlash infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan choralar samarasida, shoxobchalar soni 6,2 mingtaga yetkazildi. Shuningdek, 24/7 rejimida ishlaydigan valyuta ayirboshlash bankomatlari 3,4 mingdan oshdi. Ular aholi gavjum hududlar, aeroportlar va savdo markazlariga joylashtirildi. Ushbu ko‘rsatkichlar mamlakat iqtisodiy o‘sishi va migratsiya jarayonlarining ijobiy ta’siridan dalolat beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing