O'zbekistonning Erondagi yangi elchisi tayinlandi

Siyosat

Fariddin Nasriyev O‘zbekistonning Erondagi elchisi etib tayinlandi. Bungacha u O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsuli edi.

O'zbekistonning Erondagi yangi elchisi tayinlandi
O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Fariddin Nasriyev Eron poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

Diplomat 42 yoshda. U 2018-2023-yillarda O'zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulligini boshqargan. Toshkent moliya instituti va Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi universitet) tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida 1999-yilda bank tizimida, 2003-yildan esa Tashqi ishlar vazirligining turli tuzilmalarida, jumladan, Belgiya va NATOdagi diplomatik vakolatxonalarda ishlagan. Fariddin Nasriyev TIVning Konsullik-huquqiy departamentida 3-kotiblikdan direktor o'rinbosarigacha bo'lgan pog'onani bosib o'tgan.

Ingliz, fransuz, rus va fors tillarini mukammal biladi. Fariddin Nasriyev 2015-2023-yillarda mamlakatning Erondagi elchisi lavozimida ishlagan Bahodir Abdullayev o'rniga tayinlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing