O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $64,34 mlrdga yetdi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra $64,34 mlrdni tashkil etdi. Iyul oyida zaxiralar hajmi $589,8 mln ga oshdi. O‘sishning asosiy omili oltin qiymatining oshishi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida oltinning narxi bir troya unsiyasi uchun $4 016,7 dan $4 052,2 gacha ko‘tarildi. Natijada zaxiralar qiymati qariyb $490 mln ga oshdi.
Shu bilan birga, zaxiralar tarkibidagi oltinning jismoniy hajmi biroz kamaydi — 13,9 mln troya unsiyasidan 13,8 mln troya unsiyasigacha. Demak, oltin zaxiralari qiymatining o‘sishida uning jismoniy hajmidan ko‘ra narxining oshishi asosiy rol o‘ynagan.
Iyul oyida zaxiralarning valyuta qismi esa $208,6 mln ga ko‘paydi. Shu bilan birga, Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlarga kiritgan mablag‘lari hajmi sezilarli qisqardi: $2,86 mlrddan $1,76 mlrdgacha, ya’ni qariyb $1,1 mlrdga.
Natijada oltinning fizik hajmi va qimmatli qog‘ozlar portfeli kamayganiga qaramay, O‘zbekistonning umumiy xalqaro zaxiralari bir oyda qariyb $0,6 mlrdga oshdi. Ushbu o‘sishning asosiy qismi oltin qiymatining ko‘tarilishi hisobiga ta’minlandi.
Markaziy bank xalqaro zaxiralar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni muntazam e’lon qiladi. Mazkur ko‘rsatkich rasmiy zaxira aktivlari, jumladan valyuta aktivlari va oltinni o‘z ichiga oladi.

Powered by Froala Editor