O'zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 36,6 milliard dollardan oshdi
Iqtisodiyot
2024-yil 1-iyun holatiga ko'ra, mamlakatimizning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 36,6 milliard dollarga yetdi. Bu O'zbekiston Markaziy banki ma’lumotlarida kekltirilgan.
May oyida O'zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1,5 milliard dollarga oshdi. 2024-yil may oyi oxiriga kelib, valyuta aktivlari hajmi oy boshiga nisbatan 1,3 milliard dollarga ko‘payib, 9,3 milliard dollarni tashkil etdi.
O‘zbekiston Markaziy bankining boshqa markaziy banklar va XVJdagi depozitlari hajmi 416,4 million dollardan 422,7 million dollargacha oshdi.
O'zbekistonning oltin zaxiralari 26,53 milliard dollardan 26,8 milliard dollargacha oshdi, shu bilan birga oltinning jismoniy hajmi 11,5 milliondan 11,4 million troya untsiyasiga qisqargan.

Powered by Froala Editor