O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi yangi elchisi tayinlandi

Siyosat

O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodirjon Turg'unov Saudiya Arabistoni poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi yangi elchisi tayinlandi
Ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin u 2021-2024-yillarda Jidda shahrida bosh konsul lavozimida ishlagan.

49 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini maktabda o'qituvchilikdan boshlagan, xususiy tuzilmalarda tarjimon sifatida, shuningdek, O'zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalar jamiyatlari kengashida ishlagan.

2016-yildan beri TIV tizimida. O'tgan yillar davomida Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentida turli lavozimlarda faoliyat olib bordi. 2019-2021-yillarda O'zbekistonning Oqtov shahrida (Qozog'iston), 2021-2024-yillarda esa Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) bosh konsul bo'lib ishlagan.

Arab va rus tillarida so'zlasha oladi.

Nodirjon Turg'unov 2018-2024-yillarda O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi va bosh qarorgohi Jidda shahrida joylashgan Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili lavozimlarida ishlagan Ulug’bek Maqsudov o'rniga tayinlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing