O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 48 milliard dollardan oshdi

Iqtisodiyot

2024 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 48,2 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3,5 milliard dollarga yoki 7,7 foizga oshgan.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 48 milliard dollardan oshdi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, eksport hajmi 19,7 milliard dollarni tashkil etib, 11,5 foizga o‘sgan. Shu bilan birga, import hajmi 28,4 milliard dollarga yetib, 5,2 foizga ko‘paydi.

Mamlakat tashqi savdosining ortishi O‘zbekistonning xalqaro savdo va iqtisodiy aloqalarini kengaytirish borasidagi muvaffaqiyatli islohotlarini namoyon etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing