O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $4 milliarddan oshdi

Iqtisodiyot

2024-yil yanvar oyida O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasi $4,2 milliardni tashkil etdi va bu 2023-yil yanvariga nisbatan 870,1 million dollarga yoki 17,2% ga kamayganini anglatadi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $4 milliarddan oshdi
2024-yil yanvar oyida eksport hajmi $1,11 milliardni tashkil etib, 2023-yilning shu davriga nisbatan 47,1% ga kamaydi, import esa $3,08 milliardga (+4,1%) oshdi. Natijada tashqi savdo aylanmasi saldosi salbiy bo‘lib, -$1,96 milliardni tashkil etdi.

O‘zbekiston dunyoning 137 davlati bilan savdo aloqalarini o‘rnatgan. Eng katta savdo hajmi Xitoy (27,2%), Rossiya (18,3%), Qozog‘iston (6,5%), Turkiya (5,1%) va Janubiy Koreya (4,3%) bilan qayd etilgan.

Tashqi savdo aylanmasi tuzilmasi boʻyicha salmoqli qismi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri keladi, bu 47,0% yoki $1,97 milliardni tashkil etadi, eng kam ulush esa Surxondaryo viloyatida — 0,8% yoki $35,3 millionni tashkil etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing