Oʻzbekistonning YaIM hajmi qariyb 91 mlrd dollarga yaqinlashdi
Iqtisodiyot
2023-yilda Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 1 066,6 trln soʻmni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi tarqatgan ma’lumotda keltirilgan.
Qayd etilishicha, ushbu koʻrsatkich oʻrtacha almashuv kursi boʻyicha 90,9 mlrd AQSH dollariga teng boʻlib, yalpi ichki mahsulot hajmi 2022-yil bilan solishtirilganda 6 % ga oʻsgan.
Aholi jon boshiga YAIM hajmi esa 29,3 mln soʻmni tashkil etgan.
Aholi jon boshiga YAIM hajmi esa 29,3 mln soʻmni tashkil etgan.
Powered by Froala Editor