"O‘zbekkosmos" tuproq monitoringi uchun kosmik texnologiyalarni joriy etmoqda

O'zbekiston

"O‘zbekkosmos" agentligi tomonidan Jizzax viloyatidagi 90 ta ekin maydonida sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalangan holda tuproq sho‘rlanishini monitoring qilish bo‘yicha tajriba loyihasi ishga tushirildi.

"O‘zbekkosmos" tuproq monitoringi uchun kosmik texnologiyalarni joriy etmoqda
Loyihaning maqsadi O‘zbekistonda tuproqni qayta tiklash va yer resurslarini boshqarishning samarali strategiyalarini ishlab chiqishdan iborat.

Tashabbus doirasida mutaxassislar tuproq holatini baholash uchun vegetatsiya (NDVI) va sho‘rlanish (SSI) indekslarini qo‘llaydilar.

Natijada keng ko‘lamli dala namunalarini olish zaruriyati kamayadi, ma’lumotlarni yig‘ish tezlashadi va laboratoriya tadqiqotlari uchun xarajatlar qisqaradi.

Loyihada, shuningdek, foydalanuvchilar yer resurslari bo‘yicha tahlillarni olishlari mumkin bo‘lgan ochiq geoplatforma yaratish ko‘zda tutilgan.

Loyihaning global maqsadi O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi taraqqiyotini baholash uchun ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishni takomillashtirishdan iborat.

Tashabbus BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing